🎓 Matematika mutaxassisligi magistrantlari dissertatsiya himoyasini muvaffaqiyatli yakunladilar!

 

9-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalarining dissertatsiya himoyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo’lib o’tdi.

Himoyaning O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasada tashkil etilgani magistrantlarga o’z tadqiqot natijalarini bevosita soha olimlari huzurida taqdim etish imkonini berdi.

⚡️ Himoya davomida magistrantlar ilmiy ishlarining dolzarbligi, nazariy va amaliy natijalari hamda ilm-fanga qo’shadigan hissasi bo’yicha batafsil ma’ruza qildilar. Institut olimlari va mutaxassislari ishtirokida bo’lgan muhokamada magistrantlarning bilim va ilmiy salohiyati yuqori baholandi.

Ushbu tadbir universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish va ta’lim-fan integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qildi.

   Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti jamoasi barcha magistrantlarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi!

Telegram  Instagram  YouTube  Facebook  LinkedIn  Veb-sayt