

Sorbonna universitetida davom etayotgan The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) anjumanida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo’limi boshlig’i Aziza Ganiyeva anjuman tashkilotchisi Dr Joseph Haldane bilan bevosita suhbat qurdi.
🗣 Dr Haldane — 2009-yildan buyon 50 mingdan ortiq olimni o’z anjumanlariga jamlagan IAFOR (The International Academic Forum) asoschisi va raisi, Osaka hamda Doshisha universitetlari professori, Jahon Iqtisodiy Forumi ekspertlar tarmog’i a’zosi. Ya’ni xalqaro akademik hamkorlikni amalda qurish bo’yicha tajribasi ulkan shaxs — shu sababli bu uchrashuv AIFU uchun oddiy tanishuv emas, amaliy qiymatga ega bo’ldi.
Ikki tomon ilmiy hamkorligi, akademik tadqiqotlarni xalqaro maydonga olib chiqish va ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
🏛 Suhbat o’tgan Sorbonna — 750 yildan ortiq tarixga ega, asrlar davomida Yevropa ilmiy-falsafiy tafakkurining markazi bo’lib kelgan maskan. Bugun AIFU nomi ham aynan shu maydonda yangramoqda.
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn