Bugun universitetda Konstitutsiya mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis deputati Valiev Muhammad Sheralievich, universitet rektori G’.I.Botirov, professorlar va magistrlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi roli, demokratik islohotlar va yosh tadqiqotchilar uchun ahamiyati muhokama qilindi.
💡 Davra suhbati magistrlarga Konstitutsiya va huquqiy islohotlarni nazariya bilan amalda bog‘lash tajribasini berdi.