AIFU universiteti va Oxus university hamkorligida “Intellektual yil” Zakovat o‘yinlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🎓 AIFU universiteti va Oxus university hamkorligida “Intellektual yil” Zakovat o‘yinlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bilim, tezkor tafakkur va jamoaviy fikrlash uyg‘unlashgan ushbu murosasiz bellashuvda eng kuchli jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

💫 Final bahslari haqiqiy intellektual kurashga aylandi va tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi.

🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:
— 1-o‘rin: “tAIFUn” — 5 000 000 so‘m va 25 ta kitob to‘plami;
— 2-o‘rin: “Gallaktikos” — 3 000 000 so‘m va 15 ta kitob to‘plami;
— 3-o‘rin: “Amazon” — 2 000 000 so‘m va 10 ta kitob to‘plami.

💡 Bu ikki universitetda bilim qadrlanadi, iqtidor rag‘batlantiriladi va talabalar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘lishadi.

🎓 Universitet hayoti va kelgusi tanlovlardan xabardor bo‘lish uchun sahifamizni kuzatib boring!