O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi.
Dasturchilar, dizaynerlar va AI ishqibozlarini birlashtirgan ushbu tanlov shunchaki musobaqa emas, balki yosh startapchilar uchun yirik investitsiya va netvorking maydoniga aylandi.
🏆 G‘oliblar bilan tanishing:
Uzoq davom etgan saralash va final bosqichidagi «pitch»lardan so‘ng, eng kuchli deb topilgan jamoalar:
1-o’rin Invisible Power (5,000,000 so‘m)
2-o’rin Surgi X (4,000,000 so‘m)
3-o’rin Team X (3,000,000 so‘m)
📌 Maxsus nominatsiyalar:
• Tahlilchi AI — «Eng innovatsion AI yechim» nominatsiyasi g‘olibi (1,000,000 so‘m).
• Proteus — «Eng yaxshi UI/UX dizayn yechim» nominatsiyasi g‘olibi 1,000,000 so‘m).
• Proto Labs — «Eng istiqbolli loyiha» nominatsiyasi g‘olibi 1,000,000 so‘m).
Barcha g‘oliblarga zafarlar tilaymiz! Kelajak — yosh quruvchilar qo‘lida.