2026-yil 22-fevral kuni Universitetimizda «AIFU HACKATHON 2026» hakatoni bo’lib o’tdi.
Unda 337 ta jamoada 1200 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan bo’lsa, saralashda eng kuchli 40 jamoa saralab olindi.
Finalda esa ulardan 10 ta eng kuchli jamoa bellashdi.
Yakunda esa g’olib jamoalarga 5 million, 3 million va 1 million so’m mablag’lar va esdalik sovg’alar berildi.
Batafsil videoda ko’ring
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o’z missiyasidan kelib chiqib yurtimizdan iqtidorlarni va ulkan loyihalarni kashf etishda davom etadi.
Keyingi g’olib siz bo’lishni istasangiz bizni kuzatib boring.
Boisi tez orada yana bunday hakatonlar bo’lib o’tadi.
Batafsil -> AIFU Youtube kanalida