Hurmatli universitetimizning qadrli talaba-qizlari, ustoz va professor-o‘qituvchi ayollarimiz hamda fidoyi xodimalarimiz!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Oliy ta’lim dargohida sizlarning bilimga intilishingiz, fidoyiligingiz va mas’uliyatingiz universitetimiz rivoji hamda yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

✨ Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
G‘olibjon Botirov
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori