AIFU va Selçuk University o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Turkiyaning yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Selçuk University bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
— Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
— Qo‘shma ilmiy grantlar va tadqiqot loyihalari;
— Magistratura uchun qo‘shma ilmiy rahbarlik;
— Xalqaro konferensiya va akademik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish.

Yakunda Selçuk University rahbariyati AIFU delegatsiyasini 2026-yil aprel oyida Konya shahriga rasmiy tashrif bilan taklif qildi. Tashrif davomida hamkorlikning amaliy bosqichlarini belgilovchi kelishuvlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

🏛 Selçuk University 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 61 784 nafardan ortiq talaba tahsil olayotgan Turkiyaning yirik oliygohlaridan biridir.

⚡️ Mazkur hamkorlik AIFU talabalari va olimlari uchun xalqaro ilmiy maydonda yangi imkoniyatlar yaratadi.