AIFU Tarix fani olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Respublika miqyosida o‘tkazilgan Tarix fani olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅ Eng kuchli uchlikka pul mukofotlari va universitetda o‘qish uchun grantlar topshirildi:

1. Toshkent viloyati, Angren shahri Angren ixtisoslashgan maktabi; Davlataliyev Behruz Dilshod o’g’li
(6 000 000 so’m va 100% grant)

2. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 57-umumta’lim maktabi; Maxmadiyorov Baxrom Javlon o’g’li (5 000 000 so’m va 50% grant)

3. Toshkent viloyati, Bekabod tumani «Progress and Result» xususiy maktabi; Faziljanov Jalol Mansur o’g’li (4 000 000 so’m va 25% grant)

✨ Tadbirda g‘oliblarimizning ota-onalari ham ishtirok etib, farzandlarining g‘alabasidan cheksiz faxr tuyganliklarini bildirishdi. Biz uchun bilimli yoshlar va ularning baxtiyor oilasi eng katta yutuqdir!

2-bosqich umumiy natijalar: bu yerda

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121