Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Miss AIFU–2026” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌 Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar belgilangan nizom va mezonlar asosida komissiya tomonidan baholanmoqda. Saralash yakunlariga ko‘ra, komissiya xulosasi asosida eng munosib ishtirokchilar tanlovning yakuniy final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Mazkur tanlov talaba-yoshlarning nafaqat bilimi, balki odob-axloqi, bilim salohiyati, ijodkorligi va sahna madaniyatini namoyon etishiga xizmat qiladi.

🔥 Kimlar finalga chiqadi?
🔥 Kim “Miss AIFU–2026” tojiga yaqinlashadi?

👉 Barchasi juda yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi. Kuzatishda davom eting!