Ilk bellashuvlar voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda universitetimizning sportchi talabalari hududiy bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro qizg‘in bahs olib bordilar.
Qolgan sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlar belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tadi.
Universitetimiz talaba-yoshlarini ushbu musobaqalarda faol ishtirok etishga, shijoat va sport ruhini yanada yuksaltirishga chorlab qolamiz.
