Navbatdagi bellashuvlar futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda universitetimizning sportsevar talaba-yoshlari hududiy bosqich yo‘llanmasi uchun maydonda qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.
✍️Musobaqalar jarayonida jamoalarning faolligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi hamda sportga bo’lgan muhabbati alohida namoyon bo‘ldi.
⚡️Olimpiada doirasidagi boshqa sport turlari bo‘yicha bahslar ham belgilangan muddatlarda davom etadi.
📸 Musobaqadan olingan yorqin suratlar bu yerda: AIFU_Foto
👏Barcha talaba-yoshlarni ushbu musobaqalarda faol qatnashishga, sport ruhini yanada yuksaltirishga va universitet sharafini munosib himoya qilishga chorlaymiz!
