Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi Zoxidov Abdulla Alimjonovich Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan European Youth Summit 2026 xalqaro forumiga Partially Funded Delegate sifatida qabul qilindi.

Jeneva, Shveytsariya | 5–8-iyun, 2026-yil

Mazkur xalqaro sammit dunyoning turli davlatlaridan yosh liderlar va sun’iy intellekt mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi.

Quvonarlisi, universitetimiz vakili xalqaro saralash natijalariga ko‘ra ushbu nufuzli forumning grant asosidagi ishtirokchisi sifatida tanlandi.

✅ Ushbu yutuq universitet jamoasi uchun muhim xalqaro natijalardan biridir.

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121