📌 Tadbir davomida Amir Temurning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yondashuvlari, harbiy strategiyasi va tarixiy merosi yuzasidan ma’ruza qilindi. Mazkur chiqishlar orqali talabalarga buyuk sarkardaning faoliyati va uning bugungi kun uchun ahamiyati ilmiy asosda yoritib berildi.
🔴Shuningdek, davra suhbati interaktiv ruhda o‘tib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha va asosli javoblar berildi. Tadbir yoshlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish va milliy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
