“Turk Tili Yil Yakuni Tadbiri”ga barchangizni taklif etamiz!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Oxus universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan “Turk Tili Yil Yakuni Tadbiri”ga sizlarni taklif etamiz.

Tadbir davomida talabalarimizning turk tilidagi bilim va yutuqlari, shuningdek, ular tomonidan tayyorlangan qiziqarli ijodiy hamda madaniy chiqishlar namoyish etiladi.

✨ Ushbu unutilmas uchrashuvda sizni kutib qolamiz!

🗓 Sana: 13-may
🕐 Vaqt: 13:00
📍 Manzil: Oxus universiteti