Universitetimiz vakili Parijdagi xalqaro anjumanda ma’ruza qilmoqda

 

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo’limi boshlig’i Aziza Ganiyeva Fransiyaning Parij shahrida bo’lib o’tayotgan nufuzli ilmiy anjuman — The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) da ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

Ma’ruza mavzusi: «O’zbekistonda ayollarning tadbirkorlik tafakkurini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar»

Tadqiqot yurtimiz ayollarining tadbirkorlik faolligiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy-madaniy, psixologik va ta’limga oid omillarni o’rganishga bag’ishlangan. Toshkent, Buxoro va Namangan viloyatlaridan 300 nafar ayol ishtirokidagi so’rovnoma asosida moliyaviy mustaqillik, tavakkalchilik va o’ziga ishonchning tadbirkorlikka ta’siri tahlil qilingan.

🏛 Anjuman Sorbonna universitetida, 2026-yil 15–19-iyun kunlari The International Academic Forum (IAFOR) tashkilotchiligida o’tmoqda. Unda dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq olim va tadqiqotchi ishtirok etadi.

Universitetimiz olimasining jahonning eng nufuzli ilmiy maydonlaridan birida yurtimiz nomini ifoda etayotgani — barchamiz uchun faxr.

 

👉 Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt