Psixologiya konferensiyasi materiallari to’plami e’lon qilindi

 

🧠 «Axborotlashgan jamiyatda psixologik tadqiqotlar: zamonaviy tahdidlar va rivojlanish imkoniyatlari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to’plami tayyor bo’ldi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Oxus universiteti hamkorligida 2026-yil 22-may kuni o’tkazilgan konferensiyada respublikaning oliy ta’lim muassasalari vakillari, psixologiya sohasi mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etgan edi.

➡️ To’plamdan quyidagi yo’nalishlardagi ilmiy ishlar o’rin olgan:
— Shaxs psixologik salomatligi va ruhiy barqarorlik
— Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’limdagi psixologik jihatlari
— Oilaviy muhitdagi ijtimoiy-psixologik muammolar, deviant xulq-atvor profilaktikasi
— Kiberxavfsizlik va psixologik xizmatning zamonaviy yondashuvlari

Tezislari to’plamga kiritilgan barcha mualliflarga minnatdorlik bildiramiz.

🔖 Qo’shimcha savollar yuzasidan: @ergashev_1234 (Jo’rabek Ergashev)