Asosiy kontentga o‘tish

10

Nashrlar

Umumiy ma’lumot

1986-yil 14-dekabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tamomlab, O‘zbekiston Milliy universitetining Mexanika-matematika fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan. 2009-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan bitirib, “Matematik analiz” kafedrasi magistraturasida o‘qigan (2011).

2012-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti aspiranturasida tahsil olgan. 2019-yilda 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha professor O‘.A. Roziqov rahbarligida “Keli graflarda p-adik Gibbs o‘lchovlari” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda katta ilmiy xodim (dotsent) unvonini olgan. 2022-yilda professorlar O‘.A. Roziqov va F.M. Muxamedov rahbarligida “Cheksiz o‘lchamli va noarximed dinamik sistemalarning Gibbs o‘lchovlari nazariyasiga tatbiqlari” mavzusida DSc dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hozirda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti “Algebra va uning tatbiqlari” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Aniq fanlar kafedrasi professori.

Xorijiy ilmiy va xizmat safarlari

Malayziya (2014, 2015), Birlashgan Arab Amirliklari (2017–2018)

Loyihalarda ishtiroki

  • 2012–2016 — Matematika instituti, F4-FA-F013 “Noassotsiativ va operatorlar algebralari, dinamik sistemalar hamda ularning statistik fizika va populyatsion biologiyaga tatbiqlari” fundamental loyihasi
  • 2016–2017 — Matematika instituti, YoF-4-3 + YoF-4-4 “Sanoqli graflarda spin sistemalarning ehtimollik o‘lchovlari va Li algebralarining tasvirlari bilan assotsirlangan Leybnits algebralari” fundamental loyihasi
  • 2017–2018 — Birlashgan Arab Amirliklari universiteti, No. 31S259 “Cheksiz o‘lchamli ortogonallikni saqlovchi kvadratik stoxastik operatorlar” ilmiy-amaliy loyihasi
  • 2021–2025 — Matematika instituti, F-FA-2021-425 “Panjarali sistemalarda gradiyent ehtimollik o‘lchovlari” fundamental loyihasi

Ta’lim

  1. 2009

    Bakalavriat

    O‘zbekiston Milliy universiteti

  2. 2011

    Magistratura

    O‘zbekiston Milliy universiteti

  3. 2020

    Doktorantura (PhD)

    O‘zbekiston Milliy universiteti

Ish tajribasi

  1. 2012–2013

    O‘zR FA Matematika va axborot texnologiyalari instituti aspiranti

  2. 2013–2014

    O‘zMU qoshidagi Matematika instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

  3. 2015–2017

    O‘zMU qoshidagi Matematika instituti kichik ilmiy xodimi

  4. 11.10.2017–31.05.2018

    Birlashgan Arab Amirliklari universiteti tadqiqotchi-assistenti (Al-Ayn, BAA)

  5. 05.09.2018–31.12.2018

    O‘zR FA Matematika instituti kichik ilmiy xodimi

  6. 01.01.2019–31.12.2022

    O‘zR FA Matematika instituti katta ilmiy xodimi

  7. 01.01.2023 — hozirgacha

    O‘zR FA Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi

  8. 15.01.2023 — hozirgacha

    Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Aniq fanlar kafedrasi professori

  9. 15.02.2023 — hozirgacha

    “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari

Nashrlar10

2023

  1. Maqola

    Absolute continuity of non-homogeneous Gibbs measures of the Ising model on the Cayley tree ↗

    Mukhamedov F.

    Nonlinearity, 36(10) · DOI: 10.1088/1361-6544/acf1ed

  2. Maqola

    Phase transitions for countable state 1D SOS model with external field ↗

    Journal of Statistical Mechanics: Theory and Experiment, 053201 · DOI: 10.1088/1742-5468/accf05

2022

  1. Maqola

    Chaotic behavior of the p-adic Potts–Bethe mapping II ↗

    Mukhamedov F.

    Ergodic Theory and Dynamical Systems, 42(11), pp. 3433–3457 · DOI: 10.1017/etds.2021.96

2021

  1. Maqola

    Translation-invariant generalized p-adic Gibbs measures for the Ising model on Cayley trees

    Mukhamedov F.

    Mathematical Methods in the Applied Sciences, 44(16), pp. 12302–12316

2018

  1. Maqola

    Chaotic behavior of the p-adic Potts–Bethe mapping ↗

    Mukhamedov F.

    Discrete and Continuous Dynamical Systems, 38(1), pp. 231–245 · DOI: 10.3934/dcds.2018011

  2. Maqola

    Dynamics of linear operators on non-Archimedean vector spaces ↗

    Mukhamedov F.

    Bulletin of the Belgian Mathematical Society – Simon Stevin, 25, pp. 85–105 · DOI: 10.36045/bbms/1523412055

2017

  1. Maqola

    p-Adic solid-on-solid model on a Cayley tree ↗

    Theoretical and Mathematical Physics, 193(3), pp. 1881–1894 · DOI: 10.1134/s0040577917120133

2016

  1. Maqola

    A p-adic hard-core model with three states on a Cayley tree ↗

    Siberian Mathematical Journal, 57(4), pp. 928–940 · DOI: 10.1134/s0037446616040145

2015

  1. Maqola

    Description of all translation-invariant p-adic Gibbs measures for the Potts model on a Cayley tree

    Rozikov U.A.

    Markov Processes and Related Fields, 21(1), pp. 177–204

2014

  1. Maqola

    p-Adic Gibbs quasimeasures for the Vannimenus model on a Cayley tree ↗

    Theoretical and Mathematical Physics, 179(1), pp. 395–404 · DOI: 10.1007/s11232-014-0151-4

Hamkasblar