Ilm-fan
14-mart Pi kuni: matematika ixlosmandlari uchun maxsus festival bo‘lib o‘tadi
📌 Matematika festivali doirasida quyidagi ilmiy ma’ruza va master-klasslar tashkil etiladi: “Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” – Butun jahon fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov tomonidan ilmiy…

📌 Matematika festivali doirasida quyidagi ilmiy ma’ruza va master-klasslar tashkil etiladi:
“Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” – Butun jahon fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov tomonidan ilmiy ma’ruza.
Master-klass (maktab o‘qituvchilari uchun)
Abduvohidov Azamat – SAT imtihonida uchraydigan masalalarni yechish strategiyalari va tayyorgarlik metodikasi.
Master-klass (maktab o‘quvchilari uchun)
Mo‘minov Alisher – Murakkab masalalarni tez va to‘g‘ri yechish usullari hamda xalqaro test formatlari.
Sana: 14-mart, 10:30
Manzil: Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Qorasaroy o‘quv binosi (xarita)
⚡️ Matematika ixlosmandlari uchun qiziqarli ilmiy uchrashuv — imkoniyatni boy bermang!
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish
