Ilm-fan
15-fevral — Respublika bo‘yicha AIFU TARIX OLIMPIADASI boshlanadi. Siz ro‘yxatdan o‘tdingizmi?
Agar 10–11-sinf maktab o‘quvchisi yoki kollej va litsey o‘quvchisi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligingiz kerak. ⭕️ Bu oddiy fan tanlovi emas. Bu — tarix fanidan yillar davomida to‘plagan bilimingizni baholash, o‘z salohiyatingizni…

Agar 10–11-sinf maktab o‘quvchisi yoki kollej va litsey o‘quvchisi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligingiz kerak.
⭕️ Bu oddiy fan tanlovi emas.
Bu — tarix fanidan yillar davomida to‘plagan bilimingizni baholash, o‘z salohiyatingizni respublika miqyosida namoyon etish, grant yutish va talabalikka bir qadam yaqinlashish uchun eng yaxshi imkoniyatdir.
🗓 Bosqichlar:
1-bosqich — 15-fevral, onlayn saralash
2-bosqich — 22-fevral, oflayn final (AIFU universitetida)
🏆 Mukofot jamg‘armasi — 15 000 000 so‘m pul mukofoti. Bundan tashqari, g‘oliblarga universitetda ta’lim olish uchun alohida grantlar taqdim etiladi:
1-o‘rin — 100% grant;
2-o‘rin — 50% grant;
3-o‘rin — 25% grant.
Vaqtni boy bermang, hoziroq olimpiadaga ro‘yxatdan o‘ting — https://olimpiada.aifu.uz/
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish
