Ilm-fan
AIFU matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔴2026 yil 8 fevral kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan o‘tkazilgan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida AIFU matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆Birinchi…

🔴2026 yil 8 fevral kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan o‘tkazilgan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida AIFU matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 159 ta o‘quvchi keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 50 nafar o‘quvchi o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 5 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi:
1-o‘rin (3 400 000 so‘m): Anvarov Javohir Chorshanbiyevich — Surxondaryo viloyati Termiz shahri 14-maktab;
1-o‘rin (3 400 000 so‘m): Ostonov Baxtiyor Botirovich — Buxoro viloyati Qorako‘l IMI;
2-o‘rin (2 900 000 so‘m): Hasanov Ikrom Sanjarbek o‘g‘li — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-maktab;
2-o‘rin (2 900 000 so‘m): O‘ralov Elshod Saidmurod o‘g‘li — Surxondaryo viloyati Termiz shahar 14-maktab;
3-o‘rin (2 400 000 so‘m): Raxmonov Ziyovuddin Akram o‘g‘li — Sirdaryo viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Guliston filiali.
2-bosqich umumiy natijalar: bu yerda
Yozma ish yechimlari: bu yerda
👍Pul mukofotlaridan tashqari, Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga quyidagi tartibda grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi:
1-o‘rin — 100% grant
2-o‘rin — 50% grant
3-o‘rin — 30% grant
Barcha g‘olib o‘quvchilarni tabriklaymiz.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish
