Universitet hayoti
AIFU vakili IAFOR rahbari Dr Joseph Haldane bilan uchrashdi
Sorbonna universitetida davom etayotgan The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) anjumanida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Aziza Ganiyeva anjuman tashkilotchisi Dr Joseph Haldane bilan…

Sorbonna universitetida davom etayotgan The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) anjumanida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Aziza Ganiyeva anjuman tashkilotchisi Dr Joseph Haldane bilan bevosita suhbat qurdi.
🗣 Dr Haldane — 2009-yildan buyon 50 mingdan ortiq olimni o‘z anjumanlariga jamlagan IAFOR (The International Academic Forum) asoschisi va raisi, Osaka hamda Doshisha universitetlari professori, Jahon Iqtisodiy Forumi ekspertlar tarmog‘i a’zosi. Ya’ni xalqaro akademik hamkorlikni amalda qurish bo‘yicha tajribasi ulkan shaxs — shu sababli bu uchrashuv AIFU uchun oddiy tanishuv emas, amaliy qiymatga ega bo‘ldi.
Ikki tomon ilmiy hamkorligi, akademik tadqiqotlarni xalqaro maydonga olib chiqish va ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
🏛 Suhbat o‘tgan Sorbonna — 750 yildan ortiq tarixga ega, asrlar davomida Yevropa ilmiy-falsafiy tafakkurining markazi bo‘lib kelgan maskan. Bugun AIFU nomi ham aynan shu maydonda yangramoqda.
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Fotogalereya
Tegishli
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi.…
1 daqiqa o‘qish

AIFU magistranti bo‘ling — Xitoyga bepul sayohat qiling va xalqaro malaka oshiring!
Siz magistraturada o‘qib, Xitoyga bepul borish, dunyoga mashhur maskanlarni ko‘rish va bir vaqtning o‘zida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishni xohlaysizmi? 🎒 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistraturasining Lingvistika (xitoy tili)…
1 daqiqa o‘qish

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!
🎉 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Kelajakni orzu qiladigan emas, uni bugundan bunyod etadigan avlod — bu yoshlardir. 💙 Har bir g‘oya — imkoniyat, Har bir qadam — muvaffaqiyat, Har bir orzu — yangi marralar sari yo‘l! Bugun ilm olayotgan, izlanayotgan,…
1 daqiqa o‘qish




