Xalqaro hamkorlik
ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI HAMDA “SHIFU SCHOOL” XITOY TILI MARKAZI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda “Shifu School” xitoy tili markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik xitoy tili ta’limini rivojlantirish, akademik salohiyatni oshirish hamda ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda “Shifu School” xitoy tili markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik xitoy tili ta’limini rivojlantirish, akademik salohiyatni oshirish hamda ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
— xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish;
— “Chinese Bridge” va boshqa xalqaro tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
— qo‘shma yozgi lagerlar va madaniy-ma’rifiy dasturlarda qatnashish;
— HSK sertifikati sohiblari uchun grant imtiyozlaridan foydalanish;
— universitetning o‘quv va ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish


