Xalqaro hamkorlik
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘lidagi davlat islohotlari” mavzusida uchrashuv tashkil etiladi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘lidagi davlat islohotlari” mavzusida uchrashuv tashkil etiladi. Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Lalixon…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘lidagi davlat islohotlari” mavzusida uchrashuv tashkil etiladi.
Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Lalixon Muhamedjanova kirish so‘zi bilan ochib, bu boradagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti, fan doktori Nishanbayeva Enaxon Zaripbayevna xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi, gender tenglikni ta’minlash yo‘lidagi huquqiy asoslar va amaliy tajribalar haqida so‘z yuritdi.
Bunday tadbirlar yosh avlod, ayniqsa, xotin-qizlarimizning siyosiy ongi va faolligini oshirish, ularni mamlakat taraqqiyotiga faol jalb etish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
👉 Bizni kuzatishda davom eting.
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish
