Xalqaro hamkorlik
Bu yozda Xitoy iqtisodiyotini darslikdan emas — uning markazidan o‘rganing!
Xaynan universiteti AIFU talabalari uchun xalqaro yozgi ta’lim dasturiga taklif etmoqda. 3 hafta davomida Xitoyning erkin savdo porti — zamonaviy iqtisodiy islohotlar aynan amalda sinab ko‘rilayotgan hududda bo‘lib, Xitoy iqtisodiy modelini o‘z ko‘zingiz…

Xaynan universiteti AIFU talabalari uchun xalqaro yozgi ta’lim dasturiga taklif etmoqda. 3 hafta davomida Xitoyning erkin savdo porti — zamonaviy iqtisodiy islohotlar aynan amalda sinab ko‘rilayotgan hududda bo‘lib, Xitoy iqtisodiy modelini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
Dastur tarkibi:
— Xitoy iqtisodiy modeli va islohotlar tarixi bo‘yicha darslar
— Yetakchi korxona, tashkilot va ilmiy markazlarga tashriflar
— Xaynan erkin savdo porti faoliyati bilan yaqindan tanishuv
— Madaniy dasturlar, Xitoy choy madaniyati va boshqalar
📅 Muddat: 2026-yil 15-iyul – 5-avgust (turar joy bilan ta’minlanadi)
💵 Narx: ishtirok etish to‘lovi atigi 200 AQSh dollari (aviachipta ishtirokchi hisobidan)
👥 Kim qatnasha oladi: Iqtisodiyot, menejment, marketing yoki savdo yo‘nalishidagi bakalavr va magistr talabalari. Xitoy tili yo‘nalishi talabalari ham ishtirok etishi mumkin.
⚡️ Muhim: butun dastur bo‘yicha atigi 20 talaba tanlab olinadi va AIFU, OXUS hamda Renessans universiteti talabalari ustuvor hisoblanadi. Talabgorlar har yili ko‘p — joylar esa cheklangan. Demak, kim erta murojaat qilsa, imkoniyat o‘shaniki.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling — @China_programm
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish

