Asosiy kontentga o‘tish

Ilm-fan

“Gibbs o‘lchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya (2-kun)

2024 yil 20-21-may kunlari Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda “Gibbs o‘lchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya…

“Gibbs o‘lchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya (2-kun)
AIFU

2024 yil 20-21-may kunlari Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda “Gibbs o‘lchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda akademiklar — Shavkat Ayupov, Azimboy Sa’dullayev, Abdulla A’zamov, O‘tkir Roziqov va 20 dan ortiq professorlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, professor Leonid Bogachev (Buyuk Britaniya), professor Ostap Grinov (Buyuk Britaniya), professor Sabir Umarov (AQSH), professor Andrey Xrennikov (Shvetsiya), professor Benedikt Jahnel (Germaniya), professor Aminah Kavasmeh (BAA), professor Farrux Muhamedov (BAA), professor Humberto Rafeiro (BAA), professor Viktor Bovdi (BAA), professor Lingmin Liao (Xitoy), professor Mansur Saburov (Quvayt), professor Chin Hee Pah (Malayziya), professor Mariya Velasko (Ispaniya), professor Ivan Kaygorodov (Portugaliya) kabi dunyoning yetakchi matematik olimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining youtube platformasidagi sahifasida batafsil tanishish mumkin:

📹 https://www.youtube.com/live/q2rz3BUhoXk?si=69Zbwq6LWc7eJGii

Conference Materials! AIFU

Fotogalereya

  • “Gibbs o‘lchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya (2-kun)

Tegishli

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
Yangilik | Ilm-fan

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari

AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…

1 daqiqa o‘qish