Ilm-fan
🎓 Matematika mutaxassisligi magistrantlari dissertatsiya himoyasini muvaffaqiyatli yakunladilar!
9-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalarining dissertatsiya himoyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo‘lib o‘tdi. Himoyaning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi…

9-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalarining dissertatsiya himoyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo‘lib o‘tdi.
Himoyaning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasada tashkil etilgani magistrantlarga o‘z tadqiqot natijalarini bevosita soha olimlari huzurida taqdim etish imkonini berdi.
⚡️ Himoya davomida magistrantlar ilmiy ishlarining dolzarbligi, nazariy va amaliy natijalari hamda ilm-fanga qo‘shadigan hissasi bo‘yicha batafsil ma’ruza qildilar. Institut olimlari va mutaxassislari ishtirokida bo‘lgan muhokamada magistrantlarning bilim va ilmiy salohiyati yuqori baholandi.
Ushbu tadbir universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish va ta’lim-fan integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qildi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti jamoasi barcha magistrantlarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi!
Fotogalereya
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish




