Xalqaro hamkorlik
Pekinga 10 kunlik o‘quv-amaliy safar
Dastur Xitoydagi hamkorimiz — Beijing Institute of Economic Management bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Siz nafaqat universitet darslarida qatnashasiz, balki xalqaro ta’lim muhitini ichidan his qilib, o‘zingizni shu tizimda sinab ko‘rasiz. Dastur…

Dastur Xitoydagi hamkorimiz — Beijing Institute of Economic Management bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Siz nafaqat universitet darslarida qatnashasiz, balki xalqaro ta’lim muhitini ichidan his qilib, o‘zingizni shu tizimda sinab ko‘rasiz.
Dastur davomida professional ma’ruzalar, marketing va elektron tijorat yo‘nalishidagi seminarlar, shuningdek xitoy tili va madaniyatiga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
🎁 Akademik qism bilan bir qatorda, Pekinning eng muhim tarixiy maskanlariga tashriflar ham kiritilgan. Shu bilan birga, JD Logistics kabi Osiyoning eng yirik logistika markazlaridan biriga tashrif orqali zamonaviy biznes jarayonlari bilan tanishasiz.
Safar 10 kun davom etadi. Yashash, ovqatlanish, transport, ekskursiyalar va sug‘urta dastur doirasida qamrab olingan (aviachipta mustasno).
Bu safar sizga qisqa vaqt ichida xalqaro tajriba, yangi muhit va global fikrlashni beradi — oddiy sayohat buni bera olmaydi.
Ishtirok etish narxi:
O‘qituvchilar uchun — 700$
Talabalar uchun — 600$
Batafsil dastur va kunlik jadval — havola orqali. Joylar cheklangan. Hozirda atigi 10 ta joy qoldi.
O‘z joyingizni band qilish yoki qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hoziroq @Shavkatova_Mahliyo ga bog‘laning
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish


