E’lonlar
“Qori Niyoziy izdoshlari” olimpiadasi: OTM talabalari uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O'zbekiston Respublikasi OTM talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma…

“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O'zbekiston Respublikasi OTM talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan an'anaviy “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.
Birinchi saralash bosqichi 2026 yil 29 noyabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish 29 noyabr kuni soat 08:00 da yakunlanadi. Testni 29 noyabr kuni platformaga kirib 09:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan oraliqda ishlash mumkin.
Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2026 yil 6 dekabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida offline tarzda o‘tkaziladi.
1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2-bosqich 5 ta yozma ish (har biri 10 balldan) topshiriqlaridan iborat bo'lib, unda maksimal 50 ball to'plash mumkin.
Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!
Tegishli

Aziza Ğaniyeva xalqaro aloqalar böyiça prorektor etib tayinlandi
PhD, dotsent Aziza Ğaniyeva 2024-yildan bugungi kunga qadar Xalqaro hamkorlikni taşkil etiş bölimiga rahbarlik qilib, nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik, qöşma ta’lim dasturlari va akademik almaşinuvni…
1 daqiqa o‘qish
AIFU va USTravel Exchange xalqaro ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda USTravel Exchange o‘rtasida xalqaro ta’lim, akademik almashinuv va talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Hamkorlik doirasida talabalarni xalqaro stajirovka,…
1 daqiqa o‘qish

“AIFU LANGUAGE CENTER”NING YOZGI “KIDS” GURUHLARIGA QABUL E’LON QILINADI
🎒 “AIFU Language Center” yozgi “Kids” guruhlari uchun 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ro‘yxatga olishni boshladi! Bizning kurslarimiz: Mental arifmetika Ingliz tili Rus tili Xitoy tili Nima uchun aynan “AIFU Language Center”? Tajribali va…
1 daqiqa o‘qish
