Universitet hayoti
Talabalar Oliy Majlis Senati faoliyati bilan yaqindan tanishdi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.b Ahmedov Azizxon Muhsinjon o‘g‘li

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.b Ahmedov Azizxon Muhsinjon o‘g‘li, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muxamedjanova Lalixon Ashuraliyevna, tyutor Surayyo Tasheva va universitetning bir guruh faol talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrifi amalga oshirildi.
Unda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi – Bahrom Ismoilovich Abdullayev yurtimizda keyingi yillarda fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilayotgan jadal islohotlar, qo‘mitaning faoliyati, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ham ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar Oliy Majlis Senatining majlislar zali, kutubxonasi bilan yaqindan tanishdilar.
Tegishli
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi.…
1 daqiqa o‘qish

AIFU magistranti bo‘ling — Xitoyga bepul sayohat qiling va xalqaro malaka oshiring!
Siz magistraturada o‘qib, Xitoyga bepul borish, dunyoga mashhur maskanlarni ko‘rish va bir vaqtning o‘zida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishni xohlaysizmi? 🎒 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistraturasining Lingvistika (xitoy tili)…
1 daqiqa o‘qish

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!
🎉 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Kelajakni orzu qiladigan emas, uni bugundan bunyod etadigan avlod — bu yoshlardir. 💙 Har bir g‘oya — imkoniyat, Har bir qadam — muvaffaqiyat, Har bir orzu — yangi marralar sari yo‘l! Bugun ilm olayotgan, izlanayotgan,…
1 daqiqa o‘qish
