Universitet hayoti
Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.
Talabalar mahallalarda "Mahalla yettiligi" qanday işlayotgani, aholi farovonligini oşirişga qaratilgan davlat dasturlari joylarda qanday ijro etilayotgani bilan tanişdi. Aholi bilan suhbatlaşib, bandlik va daromadni oşiriş imkoniyatlarini örgandi.
Maşğulot yakunida tuman rivoji uçun törtta taklif ilgari surildi:
• Garvard universitetining Growth Lab tajribasi asosida "Iqtisodiy ösiş laboratoriyasi"ni taşkil etib, tumanning yangi ösiş manbalarini aniqlaş;
• aholi daromadini oşirişda loyihaviy yondaşuvni kengaytiriş va tuman Islohotlar ştabi uçun takliflar tayyorlaş;
• korxonalarda yapon "Kaizen" usulini joriy etib, işlab çiqariş va energiya samaradorligini oşiriş;
• tumanning infratuzilmaga bölgan ehtiyojlarini tadqiqot asosida aniqlab, ustuvor investitsiya loyihalarini şakllantiriş.
Universitetimizning maqsadi jamiyat va iqtisodiyot rivojiga hissa qöşa oladigan mutaxassislar tayyorlaş. Bunday maşğulotlarda talabalar öqiganlarini real hayotda qöllaşni örganadi.
Fotogalereya
Tegishli

Logistika talabalari ULS kompaniyasi va Çuqursoy bojxona postida
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Logistika yönalişining bir guruh 3-kurs talabalari öquv maşğulotlari doirasida ustozlari bilan ULS logistika kompaniyasi va Çuqursoy bojxona postiga bordi.
1 daqiqa o‘qish

TDŞUda köçma dars va kafedralar örtasida hamkorlik şartnomasi
"Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya" fanidan navbatdagi maşğulot Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi "Oriental" psixologik xizmat körsatiş markazida ötdi.
1 daqiqa o‘qish

AIFU va ÖzMU huzuridagi tarmoq markazi hamkorlikni boşladi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tarmoq (mintaqaviy) markazi örtasida hamkorlik…
1 daqiqa o‘qish



