Xalqaro hamkorlik
Turkiyaning nufuzli Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning nufuzli Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi ishtirok etdi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning nufuzli Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – ikki davlat, ayniqsa, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Balıkesir universitetining ilmiy yo‘nalishlari, talaba almashinuvi dasturlari, qo‘shma loyihalar va boshqa hamkorlik imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazishdi. Shuningdek, AIFU rahbariyati bilan ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
📍 Qolaversa, mehmonlar Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Chirchiqdagi o‘quv binosiga ham tashrif buyurib, u yerdagi infratuzilma bilan yaqindan tanishishdi.
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish
