Ilm-fan
Universitetimiz vakili Parijdagi xalqaro anjumanda ma’ruza qilmoqda
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Aziza Ganiyeva Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli ilmiy anjuman — The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) da ma’ruza bilan ishtirok…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Aziza Ganiyeva Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli ilmiy anjuman — The Paris Conference on Arts & Humanities (PCAH2026) da ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.
Ma’ruza mavzusi: «O‘zbekistonda ayollarning tadbirkorlik tafakkurini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar»
Tadqiqot yurtimiz ayollarining tadbirkorlik faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-madaniy, psixologik va ta’limga oid omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Toshkent, Buxoro va Namangan viloyatlaridan 300 nafar ayol ishtirokidagi so‘rovnoma asosida moliyaviy mustaqillik, tavakkalchilik va o‘ziga ishonchning tadbirkorlikka ta’siri tahlil qilingan.
🏛 Anjuman Sorbonna universitetida, 2026-yil 15–19-iyun kunlari The International Academic Forum (IAFOR) tashkilotchiligida o‘tmoqda. Unda dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq olim va tadqiqotchi ishtirok etadi.
Universitetimiz olimasining jahonning eng nufuzli ilmiy maydonlaridan birida yurtimiz nomini ifoda etayotgani — barchamiz uchun faxr.
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
Fotogalereya
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish


