Xalqaro hamkorlik
Xalqaro darajadagi strategik maslahatchi Samer Chidiak AIFU’da mehmon bo‘ldi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistrantlar ishtirokida «Yangi iqtisodiyot», raqamli transformatsiya va kelajak tendensiyalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 📌 Tadbir davomida xalqaro ekspert Samer Chidiak hamda Iqtisodiyot va…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistrantlar ishtirokida «Yangi iqtisodiyot», raqamli transformatsiya va kelajak tendensiyalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida xalqaro ekspert Samer Chidiak hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Maruf Mirzamahmudov tomonidan iqtisodiyotni ma’lumotlarga asoslangan holatda boshqarish, sun’iy intellekt asosidagi transformatsiyalar, Big Data tahlillari va future-readiness konsepsiyalari yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.
⭕️ Muhokamalarda innovatsiyalarga asoslangan «Yangi iqtisodiyot» modeliga o‘tish, yuqori texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng integratsiya qilish hamda yangi avlod liderlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida iqtisodiyotni transformatsiya qilish, xususiy sektor samaradorligini oshirish va global raqobatbardoshlikni kuchaytirish bo‘yicha talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi.
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Vebsayt
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish




