Qabul va grantlar
🔴 Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 750 000 so‘mgacha bo‘lgan kontrakt pullari to‘lab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar: — Temir daftarga kiritilgan oila farzandi — Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi — Ijtimoiy himoya yagona reyestri ATga…

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:
— Temir daftarga kiritilgan oila farzandi
— Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi
— Ijtimoiy himoya yagona reyestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi
— Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba
— Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlagan o‘quvchi-talaba
— Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlagan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi
— Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba
— Oilasi kam ta’minlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18 750 000 so‘m) dan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
❌ To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagi toifalarga amal qilmaydi:
— Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik
— Qo‘shma ta’lim dasturlari
— Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi
Hujjat topshirish uchun:
Bakalavriat | Magistratura | Ikkinchi mutaxassislik | Perevod
Murojaat uchun:
☎️ +998785552121
🌐 qabul.aifu.uz • @aifu_qabul_bot
👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Tegishli

🎨 Asrlar qadrlagan san’at — endi diplomli kasb. Interyer dizayniga qabul boshlandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 🔖 Samarqanddagi Registon naqshlari ham, dunyodagi eng zamonaviy mehmonxona va ofislar ham bitta narsa bilan birlashadi — ularning ichki ko‘rinishini kimdir o‘ylab, chizib, yaratgan. O‘sha odam — interyer dizayner.…
1 daqiqa o‘qish

🎓 Jamoangiz bilan magistraturada o‘qing — har biringizga imtiyoz!
Magistratura — karyerangizni keyingi bosqichga olib chiqadigan eng qisqa yo‘l. Bu qadamni ish jamoangiz bilan birga tashlasangiz, o‘qish har biringiz uchun arzonlashadi. 🎒 AIFUda jamoaviy imtiyoz ishlaydi: bir tashkilotdan qancha ko‘p xodim birga…
1 daqiqa o‘qish

🎓 Magistratura — karyerangizdagi keyingi katta qadam!
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi! 📌 16 ta istiqbolli magistratura mutaxassisliklaridan birini tanlang — akademik natijalaringizga qarab kontraktning 50% gacha granti asosida o‘qish imkonini qo‘lga…
1 daqiqa o‘qish
