Asosiy kontentga o‘tish

Tadbirlar

“Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Sport va sog‘lom turmush tarzi — bizning tanlovimiz. Giyohvandlikka esa yo‘q deymiz!” shiori ostida “Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yurtimiz sportining…

“Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Sport va sog‘lom turmush tarzi — bizning tanlovimiz. Giyohvandlikka esa yo‘q deymiz!” shiori ostida “Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda yurtimiz sportining faxri — Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oibnazarov hamda Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navruzov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sportchilar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sport orqali iroda, intizom va qat’iyatni shakllantirish borasida hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarni sportga mehr qo‘yishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, sog‘lom va mas’uliyatli hayot kechirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.

👉 Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning jismoniy va ma’naviy barkamolligini oshirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tegishli

AIFU Pitch Day 3.0 ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Yangilik | Tadbirlar

AIFU Pitch Day 3.0 ochilish marosimi bo’lib o’tdi

AIFU Pitch Day 3.0 tanlovining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G’olibjon Botirov ochib berdi. Tadbir tashkilotchisi Abdulla Zoxidov ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari bilan…

1 daqiqa o‘qish

AIFUda imo-ishora tili bo‘yicha master-klass o‘tkazildi
Yangilik | Tadbirlar

AIFUda imo-ishora tili bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida professional imo-ishora tili tarjimoni va ekspert E’zoza Ahmedova ishtirokida master-klass tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar imo-ishora tilining asoslari, samarali muloqot usullari, professional…

1 daqiqa o‘qish