Ilm-fan
Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib,…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib, unda yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
📌 Konferensiya yo‘nalishlari:
• Zamonaviy tilshunoslikning yangi tendensiyalari;
• Chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar;
• Madaniyatlararo muloqot va lingvomadaniyat;
• Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.
🎁 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
• Bepul ishtirok va maqolalarni chop etish;
• Konferensiya materiallari (PDF) universitet saytida e’lon qilinadi;
• Elektron sertifikat;
• Maqolalar Google Scholar va CrossRef bazalarida indekslanadi.
— Tezislar qabuli: 2026-yil 10-aprelgacha
— Ishchi tillar: o‘zbek, rus va ingliz
⭕️ Axborot xati bilan tanishish: havola ustiga bosing
Onlayn qatnashish: zoom havolasi
Konferensiya identifikatori: 383 641 8273
Kirish kodi: 1
Tezislar qabuli va bog‘lanish uchun
📥 Telegram: @aifu_philology
📄 E-mail: shahloaliyeva1999@gmail.com, mohigulturdialiyeva.9802@gmail.com
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi 341A (xarita (http://loc.aifu.uz/))
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish
