Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i E.Abdusattarov ochib berdi. Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M.Xidirov mehmon sifatida o‘z ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli radikal oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli axborotlardan ogoh bo’lish kerakligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi hamda ochiq muloqot ruhida fikr almashildi.

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121