Universitetimizda adabiyot kechasi tashkil etildi!

“Mushoira” klubi hamda “Yuksalish” ijodiy loyihasi tashabbusi bilan she’riyatga oshno qalblar uchun unutilmas adabiy kecha tashkil etildi. Kechamizning maxsus mehmoni taniqli ijodkor Kamoliddin Egamqulov bo‘ldilar.

⌛️ Tadbirda nimalar bo‘ldi? Savol-javoblar, samimiy suhbat va mahorat darsi! Talabalar o‘z ijod namunalarini o‘qib, ustozdan qimmatli maslahatlar olishdi. Bu kecha ko‘plab yosh iste’dodlar uchun yangi yo‘l ochdi.

🖊 Siz ham ijodga qiziqasizmi? She’r yozasizmi, hikoya qoralaysizmi yoki asarlarni mahorat bilan o‘qishni yoqtirasizmi? Unda bizning safimizga qo‘shiling!

👉 “Mushoira” klubi: t.me/AIFU_Mushoira

👉Bizni kuzatishda davom eting.