Startap g’oyangiz bor, lekin uni investorlar oldida taqdim etish va rivojlantirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Unda AIFU Pitch Day 3.0 aynan siz uchun!
Respublika miqyosidagi startap tanlovida 16–40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar va startap asoschilari ishtirok etishi mumkin. Loyiha hali g’oya bosqichida bo’lsa ham, ariza topshirish mumkin. Ishtirok bepul.
Sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
- Investorlar va tajribali hakamlar bahosi
- 15 mln so’mlik sovrin jamg’armasi
- AIFU’da o’qish uchun 100% gacha grant
- Har bir ishtirokchiga sertifikat
- Alibaba, IT Park va INNO Technopark bilan hamkorlik
O’tgan mavsumda 574 ta jamoa ro’yxatdan o’tgan, 30 ta jamoa investorlar oldida o’z loyihasini taqdim etish imkoniyatiga ega bo’lgan.
Ro’yxatdan o’tish — 11-oktabrgacha: https://pitch-day.uz/
Final — 18-oktabr, Toshkent
Ariza: pitch-day.uz
Telegram bot: @PitchDayAIFU_bot
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt