Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda USTravel Exchange o’rtasida xalqaro ta’lim, akademik almashinuv va talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Hamkorlik doirasida talabalarni xalqaro stajirovka, almashinuv va madaniy dasturlar haqida xabardor qilish, ushbu dasturlarda ishtirok etish bo’yicha trening va axborot tadbirlarini tashkil etish ko’zda tutilgan.
Shuningdek, Ruminiya, Bolgariya, Germaniya davlatlariga “Work and Travel” imkoniyatlarini taqdim etadi.
AIFU — talabalarning xalqaro tajriba va ta’lim imkoniyatlariga yo’lini kengaytirishda davom etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt