Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Muzokaralarda ikki universitet o’rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda xitoylik talabalarni AIFU magistratura dasturlariga jalb qilish bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xi’an International University — 1992-yilda tashkil etilgan, Xitoyning Sian shahrida faoliyat yurituvchi xalqaro yo’nalishga ega universitet. XAIU bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik qiladi va 23 mamlakatdan 2500 dan ortiq xalqaro talabaga ta’lim bergan.
Tomonlar kelgusida ushbu yo’nalishlarni ta’lim dasturlari va talabalar uchun amaliy xalqaro imkoniyatlarga aylantirish bo’yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt