Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi. Ular 2025-yilda “Firdavs-Shoh nashriyoti”da (Toshkent) chop etildi. Kitoblar 60310300 – Psixologiya hamda 60310900 – Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi fan dasturlari asosida yaratilgan.

1. «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» (darslik, 586 bet)
Darslikda deviant xulq-atvor muammosi yoritilgan. Unda bunday xulqli bolalarni psixodiagnostika qilish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixokorreksion, psixoprofilaktik va psixokonsultativ tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktori, dotsent Sh.M. Ulug‘ova; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Y. Mahkamova.
ISBN: 978-9910-570-03-2

2. «Psixologik xizmat» (o‘quv qo‘llanma, 220 bet)
Qo‘llanma “Psixologik xizmat” fan dasturi asosida yaratilgan. U sohaga oid mavzularni keng qamrab oladi.
Mas’ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor, akademik Sh.R. Barotov.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktorlari H.H. Jabborov va Sh.M. Ulug‘ova.
ISBN: 978-9910-570-61-2

3. «Oila psixologiyasi» (o‘quv qo‘llanma)
Qo‘llanmada oila tushunchasi va turlari, oilaning ijtimoiy-psixologik tuzilishi yoritilgan. Oilada individual psixologik xususiyatlarning shakllanishi ham ko‘rib chiqiladi. Oilaviy hayotni psixologik o‘rganishning ilmiy-metodologik jihatlari ham bayon etilgan.
Mas’ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor F.A. Akramova.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktorlari H.H. Jabborov va Sh.M. Ulug‘ova.
ISBN: 978-9910-570-60-5

4. «Eksperimental psixologiya va praktikum» (o‘quv qo‘llanma)
Qo‘llanma o‘qituvchi va talabalar uchun mo‘ljallangan. U ta’lim muassasalari, psixologik xizmat markazlari va sud-psixologik ekspertiza mutaxassislari uchun ham foydali. Sotsiologlar va pedagoglar ham undan amaliy qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor Z.T. Raximov; psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent H.H. Jabborov.
ISBN: 978-9910-570-04-9

Ushbu nashrlar talabalar, magistrantlar, amaliyotchi psixologlar, pedagoglar va psixologiyaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular fanlarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Muallifni ushbu ilmiy-ijodiy muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!