Xalqaro hamkorlik
AIFU va Düzce universiteti: hamkorlikning ilk qadami
3-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Turkiyaning Düzce universiteti vakillari uçraşdi. Uçraşuvda universitetimizdan öquv va ilmiy işlar böyiça prorektor Qulmat Şakarov hamda xalqaro aloqalar böyiça prorektor…

3-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Turkiyaning Düzce universiteti vakillari uçraşdi. Uçraşuvda universitetimizdan öquv va ilmiy işlar böyiça prorektor Qulmat Şakarov hamda xalqaro aloqalar böyiça prorektor Aziza Ğaniyeva qatnaşdi.
Tomonlar talabalarning hamkor universitetda 1–2 semestr öqişini va professor-öqituvçilarning dars beriş hamda malaka oşiriş uçun taşriflarini muhokama qildi. Konferensiyalarni, jumladan Turkiy dunyoda madaniyat va barqarorlik kongressini birgalikda ötkaziş ham kun tartibida böldi.
Alohida e’tibor Erasmus+ KA171 dasturiga qaratildi. Yevropa Ittifoqining bu dasturi talabalarga hamkor universitetda öqiş, ustozlarga esa dars beriş va malaka oşiriş imkonini beradi, iştirokçilar moliyaviy qöllab-quvvatlanadi. Tomonlar AIFUning Düzce universiteti bilan birga şu dasturda qatnaşiş imkoniyatini körib çiqdi.
Keyingi bosqiçda ikki universitet rektorlari uçraşib, özaro anglaşuv memorandumini imzolaşi rejalaştirilgan.
Fotogalereya
Tegishli

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining 6 ta jamoasi xalqaro loyihalar yarmarkasi finalida
Balıkesir universiteti (Turkiya) TÜBİTAK 1503 dasturi doirasida ötkazayotgan III Innovatsion ğoyalar loyihalar yarmarkasiga 102 ta loyiha topşirildi.
1 daqiqa o‘qish

Rektor boşçiligidagi AIFU jamoasi Xitoyda malaka oşirmoqda
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori Ğolibjon Isroiloviç Botirov boşçiligidagi jamoa Xitoyning Çunsin şahrida Chongqing Technology and Business Institute (CTBI) taşkil etgan xalqaro malaka oşiriş dasturida qatnaşmoqda.
1 daqiqa o‘qish

Hamkorligimiz inklyuziv ta’lim sohasiga kengaymoqda
14-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xitoyning Nankin maxsus ta’lim pedagogika universiteti bilan strategik hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Hamkorlik doirasida universitetimiz maxsus ta’limga…
1 daqiqa o‘qish





