Xalqaro hamkorlik
AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…

26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda 16 mamlakatdan 150 nafar delegat ishtirok etdi.
Bu yilgi konferensiya “Interpreting Change: Language, Technology, and Human Connection” mavzusida o‘tkazilib, unda tarjima va tarjimonlikda sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar, madaniyatlararo muloqot, professional amaliyot va inson omiliga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
↪️ Ochilish marosimida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori professor G‘olibjon Botirov, BMTning O‘zbekistondagi rezident koordinatori Sabine Machl, ICTS konferensiyalari raisi Dr Azamat Akbarov, Webster University in Tashkent ijrochi direktori Dr Rasul Rakhmonov hamda Uzbekistan Teachers of English Association rahbari Mirjalol Mirsobitov ishtirok etdi.
↪️ Konferensiyaning bosh plenar ma’ruzalarini University College London Tarjimashunoslik markazi direktori professor Federico M. Federici hamda Barselona avtonom universiteti professori Pilar Sánchez-Gijón taqdim etdi. ICTS tarixida ilk bor bir konferensiyada ikki nafar bosh plenar ma’ruzachi ishtirok etdi.
↪️ Dastur 2 ta plenar, 13 ta keynote ma’ruza va 25 ta parallel ilmiy sessiyani qamrab oldi. Taqdim etilgan ilmiy ishlar anonim taqriz jarayonidan o‘tkazildi. Konferensiya o‘zbek, ozarbayjon, rus, turk va ingliz tillarida olib borildi.
↪️ Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalari vakillari tarjimashunoslik, til texnologiyalari, sun’iy intellekt, ta’lim va madaniyatlararo kommunikatsiyaga oid tadqiqotlarini taqdim etdi.
ICTS 2026 xalqaro ilmiy tajriba almashish, zamonaviy tarjimashunoslik tendensiyalarini muhokama qilish hamda olimlar va mutaxassislar o‘rtasidagi professional aloqalarni kengaytirish uchun muhim akademik maydon bo‘ldi.
ICTS konferensiyalari seriyasi 2015-yilda Sarayevoda boshlangan. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti esa mazkur xalqaro anjumanga uchinchi yil ketma-ket mezbonlik qilmoqda.
Tadbir 30-sentabr — Xalqaro tarjimonlar kuniga bag‘ishlandi.
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish

University College London professori Federico M. Federici AIFUga tashrif buyuradi
University College London professori Federico M. Federici AIFUga kelmoqda! UCL Tarjimashunoslik markazi direktori, favqulodda vaziyatlarda tarjima va xalqaro muloqot bo‘yicha mutaxassis. Yangi Zelandiya Qizil Xochi bilan ko‘ngilli tarjimonlarni tayyorlash…
1 daqiqa o‘qish




