Tadbirlar
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “O‘rganAIlik” kursi oçildi
26-oktabr kuni universitetimizda sun’iy intellekt yordamida kontent yaratişga ixtisoslaşgan “O‘rganAIlik” kursining oçiliş marosimi bölib ötdi.

26-oktabr kuni universitetimizda sun’iy intellekt yordamida kontent yaratişga ixtisoslaşgan “O‘rganAIlik” kursining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Kurs Raqamli San’at Ijodiy Birlaşmasi va universitetimiz hamkorligida tashkil etildi.
Marosimda Madaniyat vazirining maslahatçisi, Raqamli San’at Ijodiy Birlaşmasi ijodiy rahbari, taniqli klipmeyker Rauf Nabiyev va universitetimizning öquv va ilmiy işlar böyiça prorektori Qulmat Şakarov iştirok etib, yoş ijodkorlarni tabrikladi.
Birinçi guruhga mingga yaqin nomzod orasidan grant asosida 40 nafar yoş saralab olindi. Ular sun’iy intellekt yordamida kontent yaratiş bilan birga rejissura, kamera bilan işlaş va tasvirga mos ovoz tanlaşni örganadi.
Ustozlar:
Farrux Suleymanov — menejment böyiça DSc tadqiqotçisi, universitet dotsenti. 2022-yildan buyon OpenAI, MiniMax va Hailuo AI platformalarida AI yordamida video yaratadi.
Şoxrux Rasulov — prodyuser, ssenariynavis, rassom va bir qator taniqli filmlar rejissyori.
Mahorat darslarini britaniyalik kinorejissyor va ssenarist Athena Mandis, AI sound böyiça taniqli bastakor Eldor Qayumov va Rauf Nabiyev ötadi.
Darslar 3-noyabrdan boşlanadi: universitetda oflayn, qöşimça videodarslar onlayn.
AI platformalaridagi pullik kreditlar Birlaşma hisobidan beriladi.
Eng yaxşi bitiruvçilar uçun xorijda öqiş va işga joylaşiş imkoniyatlari közda tutilgan.
Keyingi guruhlarga qabul 25-noyabrdan boşlanadi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFUda Xalqaro psixologlar kuni nişonlandi
20-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi taşabbusi bilan Xalqaro psixologlar kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi.
1 daqiqa o‘qish

SIMO 2026: 72 nafar talaba medal bilan taqdirlandi
15-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Akademik Azimboy Sa’dullayev nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi (SIMO 2026) yakunlandi. Ikki kunlik final bosqiçidan söng taqdirlaş marosimi bölib ötdi va 72 nafar…
1 daqiqa o‘qish

“Qori Niyoziy izdoşlari” olimpiadasi ğoliblari aniqlandi
8-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida an’anaviy "Qori Niyoziy izdoşlari" olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.
1 daqiqa o‘qish









