Asosiy kontentga o‘tish

Xalqaro hamkorlik

XITOYDA “STUDY IN UZBEKISTAN” TA’LIM KO‘RGAZMASI: AIFU XALQARO HAMKORLIKLARNI KENGAYTIRMOQDA

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida hamda “Uchinchi Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik”…

XITOYDA “STUDY IN UZBEKISTAN” TA’LIM KO‘RGAZMASI: AIFU XALQARO HAMKORLIKLARNI KENGAYTIRMOQDA
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Study in Uzbekistan” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida hamda “Uchinchi Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” forumida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tadbir O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xorijiy talabalarni jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbir davomida Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining:
— zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari,
— xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlari,
— ilmiy-tadqiqot faoliyati,
— xorijiy hamkorlik loyihalari,
— talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari xalqaro ishtirokchilarga keng targ‘ib qilinmoqda.

Forum va ko‘rgazma doirasida professor G‘olibjon Botirov bir qator nufuzli Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, akademik almashinuv, qo‘shma dasturlar, ilmiy hamkorlik va talabalar mobilligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, universitet delegatsiyasi tomonidan AIFU faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazilib, universitetning xalqaro hamkorlik salohiyati namoyish etildi. Xitoylik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yuzasidan istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

AIFU xalqaro maydondagi faol ishtiroki orqali O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining ochiqligi, raqobatbardoshligi va global integratsiyadagi o‘rnini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

Fotogalereya

  • XITOYDA “STUDY IN UZBEKISTAN” TA’LIM KO‘RGAZMASI: AIFU XALQARO HAMKORLIKLARNI KENGAYTIRMOQDA

Tegishli