Universitet hayoti
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) o‘zining barcha talabalari va xodimlari uchun qulay, samarali va zamonaviy ta’lim hamda mehnat muhiti yaratishga intiladi. Universitet jamoasi har doim o‘qish, ilmiy izlanishlar olib borish va kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur infratuzilma, texnik vositalar va imkoniyatlarni taklif etib kelmoqda. AIFU – bu nafaqat bilim maskani, balki har bir talaba va xodim o‘zini qadrlangan, qo‘llab-quvvatlangan va ilhomlangan his qiladigan oila. Universitet zamonaviy kutubxonalar, kompyuter sinflari, raqamli platformalar, ochiq fikrli muhit va doimiy rivojlanish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lgan joydir. AIFU bugun ham, ertaga ham o‘z jamoasi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishda davom etadi!
Tabriklaymiz, Xudayqulova Gulshoda Baxronovna!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasining jonkuyar va fidoyi o‘qituvchisi Xudayqulova Gulshoda Baxronovna professorlik ilmiy unvonini tasdiqlovchi diplomni qabul qilib oldilar. Ushbu yuksak e’tirof — ko‘p yillik samarali mehnat, ilm-fanga sadoqat hamda tinimsiz ilmiy izlanishlarning yorqin natijasidir. Hurmatli Gulshoda Baxronovnani mazkur muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar, […]
AIFU jamoasi BIMO–2026 xalqaro matematika olimpiadasida yuqori natijalarni qo’lga kiritdi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026” xalqaro matematika olimpiadasida o‘z bilim va salohiyatini yana bir bor isbotladi. Individual bahslarda: Sultonmurotov O‘ktamboy Xushnud o‘g‘li — oltin medal Babajanov Sardorbek Salamatovich — kumush medal Jamoaviy bahslarda: AIFU jamoasi kumush medalini qo’lga kiritdi. Ma’lumot uchun: olimpiadada Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, […]
Mudanya University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mudanya University (Bursa, Turkiya) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Mudanya University — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalari bilan tanilgan Turkiya universitetlaridan biri. Memorandum quyidagi imkoniyatlarni beradi: — Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi; — Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va akademik nashrlar; — Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy tadbirlar; […]
AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Turkiya Respublikasining Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni imzolash marosimi Bandırma Onyedi Eylül Universiteti rektoratida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bandırma Onyedi Eylül Universiteti rektori, professor İsmail Boz hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov ishtirok […]
AIFU va BAÜN TTO o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuvda Balıkesir universiteti Chet tillar maktabi direktori va AIFU huzuridagi O‘zbek–Turk xalqaro fan, madaniyat va san’at markazi […]
AIFU universiteti va Oxus university hamkorligida “Intellektual yil” Zakovat o‘yinlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎓 AIFU universiteti va Oxus university hamkorligida “Intellektual yil” Zakovat o‘yinlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bilim, tezkor tafakkur va jamoaviy fikrlash uyg‘unlashgan ushbu murosasiz bellashuvda eng kuchli jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandi. 💫 Final bahslari haqiqiy intellektual kurashga aylandi va tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi. 🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi: — 1-o‘rin: “tAIFUn” — 5 000 000 so‘m […]
AIFU Matematika Olimpiadasi — 2-bosqichi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan Respublika miqyosidagi matematika olimpiadasining 2-bosqichi boshlandi. Mazkur bosqichda Respublikaning turli viloyatlaridan 50 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda. 🏆 Mukofot jamg‘armasi: — 15 000 000 so‘m; — 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari uchun imtiyozli grantlar taqdim etiladi.
AIFU Matematika Olimpiadasi
🔴2025 yil 21 dekabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 157 ta o’quvchi keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 50 nafar o’quvchi o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib […]
Konstitutsiya – jamiyatimizning mustahkam tayanchi!
Bugun universitetda Konstitutsiya mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis deputati Valiev Muhammad Sheralievich, universitet rektori G’.I.Botirov, professorlar va magistrlar ishtirok etdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi roli, demokratik islohotlar va yosh tadqiqotchilar uchun ahamiyati muhokama qilindi. 💡 Davra suhbati magistrlarga Konstitutsiya va huquqiy islohotlarni nazariya bilan amalda bog‘lash tajribasini berdi.
Pekin iqtisodiyot va menejment instituti— AIFUning rasmiy strategik hamkori!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Pekin iqtisodiyot va menejment instituti o‘rtasida o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik yo‘nalishlari: — Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi; — Raqamli moliya, sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi; — Xitoy tili kurslari va amaliy mashg‘ulotlar; — Ta’lim metodikasi va maktabgacha ta’lim; — Qo‘shma seminarlar, loyihalar va ilmiy tadqiqotlar. Ushbu hamkorlik AIFU talabalariga xalqaro […]
AIFU va Balikesir universiteti bilan hamkorlik memarandumi imzolandi. AIFU delegatsiyasi Balikesir Texnokentida!
Turkiyaning Balikesir universitetida bo‘lib turgan AIFU delegatsiyasi Balikesir Texnokentiga tashrif buyurdi. 🤝 Uchrashuvda Texnokent rahbariyati bilan TİKA, TÜBİTAK va Erasmus+ dasturlari doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish hamda AIFUda Texnokent filiali ochish masalalari muhokama qilindi. Yakunda tomonlar hamkorlik memorandumi imzoladilar. Bu haqida Turkiya OAV larida ham yoritilmoqda. — Tashrif AIFU uchun innovatsiyalar va texnologik rivojlanish yo‘lida […]
AIFU delegatsiyasi Turkiyada!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) rektori prof. G‘. Botirov boshchiligidagi delegatsiya hozirda Turkiyaning Balikesir universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. 🤝 Tashrif davomida Balikesir universiteti rektori prof. Yucel Ogurlu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalar hamda talaba-almashuv dasturlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.
Ilm-fan va innovatsiyalar sari dadil qadam!
2025-yil 23–24-may kunlari Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Science and Innovation xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida «Amir Temur ma’naviy jasorat sohibi» mavzusida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak” deb taʼkidlagandi. Bu bejiz aytilmadi, albatta. Zero, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi boʻlgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar koʻp oʻrgansa, […]
“Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tanlov talabalarning adabiyotga qiziqishini oshirish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida o‘tkaziladi. Universitet bosqichida ishtirokchilar test savollari asosida o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish etishdi. Eng […]
«AIFU Zakovat ligasi» g’oliblari Samarqand safarida!
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qariyb 5 oy davomida tashkil etilgan «AIFU Zakovat ligasi»ning g’olib va sovrindorlari uchun va’da qilingan sayohat ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Boqiy Samarqand shahrining Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Bibixonim maqbarasi va masjidi, shuningdek, Konigil hunarmandchilik qishlog’iga amalga oshirilgan tashriflar talabalarimiz xotirasida o’chmas iz qoldirdi. Keyingi safarlarimizda aynan siz ham […]
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida tashkil etilgan “Saxovat kunlari” doirasidagi mablag‘lar ezgu maqsad yo‘lida sarflanmoqda!
Ushbu tashabbus asosida universitet jamoasi va faol yoshlar tomonidan Olmazor tumani, Qora qamish 1/2 20A-uy 45-xonadonda yashovchi S.Gyumena holidan xabar olindi. 🔹 Saxovat nafaqat moddiy yordam, balki insoniy qadriyatlarni, hurmat va e’tiborni namoyon etish vositasi hamdir. ✅ Mazkur tashriflar universitetimizda allaqachon an’anaviy tusga kirgan bo‘lib, yil davomida imkoniyati cheklangan, ehtiyojmandlarga mehr ko‘rsatish, ularning holidan xabar […]
2025-yil Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universitetida matematika sohasidagi xalqaro tadbir
2025-yil 28-apreldan 9-mayga qadar Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universitetida (AIFU) matematika sohasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir matematika va unga aloqador sohalarda yangi ilmiy yutuqlarni muhokama qilish, xalqaro olimlar, professorlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish hamda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.